“O`zbekistonda soliq tizimi va xususiy tadbirkorlik” fani o`qitilishidan maqsad – xususiy tadbirkorlik faoliyati jadallashuvi va soliqlarning mohiyati hamda soddalashtirilishi usullarini egallash bo`yicha yo`nalish profiliga mos bilimlar  darajasi bilan ta`minlashdir.  

Fanning vazifalari – bo`lajak bakalavrlarga xususiy tadbirkorlik va soliq tizimining  hozirgi holati va uning rivojlanish tendentsiyalari haqida tasavvur berish, soliqqa tortishning tamoyillari, tadbirkorlik tushunchasining mohiyati  rivojlanish tarixi va biznesdan farqini, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan umumdavlat va mahalliy soliqlarning mohiyati va ahamiyati,  soliqqa tortishning soddalashtirish usullarini, xorijiy rivojlangan mamlakatlar soliq tizimi va soliqqa tortishning o`ziga xos xususiyatlarini, , xususiy tadbirkorlik va kichik biznes faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslarini o`rgatish bo`yicha bilim berish hamda ularga tegishli amaliy mashg’ulotlar va ko`nikmalar hosil  kilishdir.