Fanni o’qitishdan maqsad talabalarga iqtisodaiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o’rgatish hamda ularni amalda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilish.

Fanning asosiy vazifalari talabalarni nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo’lgan uslubiy yondoshuvlarni egallashiga ko’maklashish; ular ongiga milliy istiqlol goyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish; iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohorlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivijlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini ochib berish; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to’g’risida amaliy ko’nikmalarni hosil qilish.

Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar “Iqtisodiyot nazariyasi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

ü   iqtisodiy bilim asoslari;

ü   bozor iqtisodiyoti sub’ektlari;

ü   iqtisodiy kategoriyalar to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;

ü   “Iqtisodiyot nazariyasi” asoslarini; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini; makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni; iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

ü   talaba iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo’llash: iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarni (kategoriyalarni), iqtisodiy muammolar bo’yicha yechimlar qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

ü   talaba iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish; iqtisodiy muammolarini hal etish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar to’plash va ulardan foadalanish malakalariga ega bo’lishi kerak.