Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda organik moddalar ishlab chiqarish korxonalarida qo'llaniladigan uskunalar turlari, tuzilishi, ishlatish ko'lami, xisoblash asoslari va ulami muayyan sharoitlarga mos xolda tanlash hamda amaliy masalalami hal qilishni o'rgatish, o'zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlami shakllantirishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalami nazaruy bilimlar, amaliy ko’nikmalar,ishlab chiqarish uskunalari va loyihalashga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.


Fanni o’qitishdan maqsad - Organik sintezning rivojlanishi va uning  istiqbollarini belgilovchi muhim omillardan biri organik moddalarni tadqiq qilish usullarining mavjudligi hisoblanadi. Hozirgi kunda organik moddalarni tadqiq qilishning ko’plab usullari mavjud bo’lib, ularni yanada takomillashtirish, zamonaviy raqobatbardosh uskunalarni o’rganish uchun bilimli kadrlar bilan ta’minlash zamon talabi hisoblanadi. Organik sintez mahsulotlarini spektral usulda tadqiq qilish fani fizik-kimyoviy tahlil qilish usullarining rivojlanish tarixi, fizik-kimyoviy tahlil qilish prinstiplari, analiz usullarini metrologik tavsiflari, analizatorlarni ishga tushirishda, analiz uchun namuna olish vaqtida yuzaga keladigan kamchiliklar  va xatoliklar, optimallash usullari bo’limlaridan tashkil topgan.


Organik sintez asoslari fani  ishlab chiqarishlar texnologiyasiga zarur bo’lgan ushbu dastur og’ir (yoki asosiy) organik si ntez mahsulotlari kimyoviy texnologiyasi mutaxassisligida taxsil oladigan bakalavr talabalar uchun mo’ljallangan. Ushbu dasturda organik sintezning rivojlanishi, organik birikmalardagi kimyoviy bog’lar, kimyoviy bog’larning xosil bo’lishi va turlari, kovalent bog’ tabiati va xarakteristikasi, kovalent bog’ning qutblanuvchanligi, kvant mexanik tasavvurlar, ikki va uch markazli bog’lar, organik reaktsiyalarning sinflanishi, reaktsiya mexanizmi haqida tushuncha, reaktsiya kinetikasi,  organik reaktsiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar, o’tish xolat nazariyasi,  reaktsiya mexanizmini aniqlash usullari, organik moddalarning kislota va asos xossalari,  organik kimyoda kataliz va katalitik jarayonlar, gomolitik va geterolitik reaktsiyalar ularni tadqiq qilish usullari va ularning mexanizmlari bayon qilingan.


Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy maqsadi - respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual elitani tayyorlash va bu borada yuksak iste'dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo'nalishlari bo'yicha o'z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o'zlaridagi noyob iste'dodni ro'yobga chiqarish

uchun imkoniyatlar yaratishdir


 

          “Sintetik yuvuvchi vositalar ishlab chiqarish texnologiyasi” Sintetik  yuvish  vositalarining  xom  ashyolari, chiqindisiz texnologiya masalalari,  sintetik yuvish vositalari ishlab chiqarish jarayonining fizik-kimyoviy mohiyati va samaradorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar haqida hamda sintetik yuvish vositalarini ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayonlarining borish ketma-ketligi, zamonaviy uskunalarni, innovatsion texnologiyalarni, sifatli  mahsulotlar olishda mahsulot  va xom ashyolar sifatiga qo‘yiladigan talablarni, ularni olish texnologiyasini o’rganadi.                

SYUVICHT fani ishchi dastur asosida shakllantirilgan bo’lib, unda ba’zi bir  murakkab  qurilmali uskuna  va yordamchi jihozlarda kimyoviy jarayonlar, keltirilgan.