В контексте модернизации экономики понимание изменения конкурентной среды и условий рынка, анализ состояния экономики Узбекистана в условиях интеграции в мировое сообщество, углубленный анализ законов развития условий рынка, создание конкурентоспособной экономики и устойчивого экономического роста, решение проблем занятости путем организации новых рабочих мест, стимулирование и поддержка малого бизнеса и частного предпринимательства, которое играет важную роль в повышении доходов и благосостояния населения являются актуальными вопросами, в решении которых, обучение будущих  специалистов с использованием передовых педагогических, компьютерных технологий остается приоритетом. Дисциплина «Основы эконометрики» изучает взаимосвязи социально-экономических явлений и процессов путем построения эконометрических моделей, оценивает существенность модели, анализируют и реализуют модели, основанные на разных критериях, и прогнозируют социально-экономические показатели. 

1.    Fanning oliy ta`limdagi o’rni hamda maqsadi va vazifalari.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o’zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarini ilg’ab olish, ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil qilishda ekonometrik usullar va modellardan foydalanish yordamida makroiqtisodiy indikatorlarni prognozlash, tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, keyinchalik, bu qarorlar bajarilishini komp’yuter orqali monitoring qilish masalalarining nazariy va amaliy tomonlarini o’rganishda “Ekonometrika” fani muhim ahamiyat kasb etadi.

“Ekonometrika” fani matematik va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2-kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq.

“Ekonometrika” fani ekonometrik modellashtirish, ekonometrik modellar, korrelyatsion-regression tahlil, ko’p omilli ekonometrik model, ekonometrik modellarni baholash, tenglamalar tizimi ko’rinishidagi ekonometrik modellarni, iqtisodiy ko’rsatkichlarni prognozlashni hamda vaqtli qatorlar nazariyasini o’rganadi.

Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda bozor munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarni ekonometrik modellashtirish asoslarini o’rgatishdan, o’rganilayotgan jarayonlarga iqtisodiy-statistik va ekonometrik usullarni qo’llashni, iqtisodiy dinamikani o’rganishda turli xil funktsiyalar, ekonometrik modellarni komp’yuter dasturlari yordamida echish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilish bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun fanning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

–     mikro va makro jarayonlar tahlilida qo’llaniladigan ekonometrik usullar va modellarni o’rgatish;

–     iqtisodiy ko’rsatkichlarini komp’yuter texnologiyalari asosida ekonometrik modellashtirish va va prognozlashni amalga oshirish yo’llarini ko’rsatib berish;

–     murakkab iqtisodiy tizimlar va jarayonlarni ekonometrik modellashtirish tamoyillarini, ishlab chiqarish funktsiyalari, talab va taklifning ekonometrik modellarini o’rgatish;

–     ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni tasvirlashda ekonometrik usullardan, “eng kichik kvadratlar” usullari va trend modellaridan foydalanishni, iqtisodiy o’sish modellarini tuzishni o’rgatish;

–      maxsus komp’yuter texnologiyalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishni o’rgatishdan iborat.